Obameyangning otasi terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlandi
Sept. 20, 2018, 6:46 p.m. 3216

Gabon futbol federaTsiyasi o'z saytida terma jamoaning yangi bosh murabbiylarini elon qildi.

Gabonliklarni Daniel Kuzen va Per-Fransua Obameyang tandemi boshqaradigan bo'ldi. So'nggisi «Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyangning otasi hisoblanadi.

Yangi murabbiylar oldiga terma jamoani Kamerunda o'tkaziladigan Afrika Kubogiga olib chiqish vazifasi qo'yildi.

Avvalroq, ispaniyalik mutaxassis Antonio Kamacho Gabon terma jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgan edi.