«Neymar, Mbappe va Kavani - ular qahramonlar emas, xudbinlar»
Sept. 20, 2018, 3:25 p.m. 22394

FranTsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jan-Per Papen «PSJ» hujum chizig'idagi uchlik – Neymar, Kilian Mbappe va Edinson Kavanini tanqid ostiga oldi. U bilan intervyu Goal portalida elon qilindi.

«Ular «PSJ»da qahramonlar emas, xudbinlardir. Muayyan vaziyatlarda sen o'z statusingdan qati nazar, jamoa uchun xizmatda bo'lishing kerak.

FranTsiya va undan tashqaridagi yulduz futbolchilar o'rtasida farq bor. FranTsiyada ularni boshqarib bo'lmaydigandek bo'lib ko'rinadi. Nega endi «Liverpul» o'z yulduzlarini tartibga sola oladi-yu, bu ishni biz qila olmaymiz?» - degan savolni o'rtaga tashlagan Papen.

«Axir Neymar «Barselona»da o'ynagan paytlari vaqti-vaqti bilan himoyaga ham qaytib turardi...», - deya qo'shimcha qilgan u.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» EChLning ilk turida «Liverpul» maydoniga safar uyushtirib, 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan ortga qaytgan edi. Ushbu o'yinda har uchala hujumchi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jamoa gollariga Mene va Mbappe mualliflik qildi.

1991 yilda Evropaning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Jan-Per bu uch hujumchining darajasiga shubha qilmasligini ham takidlaydi.

«Ularning saviyasiga mutlaqo shubha yo'q. Bu borada muammo bo'lishi mumkin emas. Biroq bu uchovlon birgalashib, shu xislatlari bilan jamoadoshlariga yordam berishlari kerak. Ular jamoaning [eng asosiy] yulduz o'yinchisi kimligi ekani haqida o'ylab o'tirishlari yaramaydi.

Klub Chempionlar ligasida g'alaba qozonmoqchi. Modomiki o'yinchilar buni yodlarida saqlashmas ekan, hech qachon g'alaba qozona olishmaydi», deya kuyunib gapirgan Papen.

Takidlash joiz, FranTsiya 1-divizionida 5 mavsum eng yaxshi to'purar bo'lgan sobiq hujumchi 1991 yilda «Marsel» safida Evropa kubogi finalida o'ynab, 1994 yil «Milan» bilan EChL g'olibi bo'lgan. U, shuningdek, JCh-1986 da bronza medalini ham qo'lga kiritgan.