«Inter» maosh masalasida Ikardini ko'ndira olmayapti
Sept. 20, 2018, 4:18 p.m. 2478

Hujumchi Mauro Ikardi «Inter» bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

Corriere della Sera tarqatgan xabarga ko'ra, klub u bilan bitimni 2 yilga uzaytirib, hamkorlik muddatini 2023 yilgacha uzaytirmoqchi. Shu bilan birga, futbolchining xorij klublari uchun transfer narxi yangi shartnomaga asosan hozirgi 110 million evrodan 130 milliongacha ko'tarilishi kutilmoqda. Ikardiga yiliga 6,5 million evro maosh taklif qilinyapti. 

Manbaga ko'ra, Mauroning rafiqasi va agenti Vanda Nara turmush o'rtog'ining maoshi yiliga 8 milliongacha ko'tarilishini talab qilmoqda.

Takidlash joiz, Mauro Ikardi 2013 yildan buyon «neradzurri» azosi sanaladi. O'tgan mavsumda hujumchi eng yuqori natijasini qayd etib, A Seriyaning 36 o'yinida 29 ta gol kiritishga muvvafaq bo'lgan edi. Natijada u «LaTsio» forvardi Chiro Immobile bilan bir xil natija ko'rsatib, chempionat to'purari bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, EChLning ilk turi doirasida «Tottenhem» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng «Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa Ikardisiz ham g'olib chiqishni o'rganishi kerakligini takidlagan edi.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi klub safida 4 o'yinda maydonga tushib, 1+1 mahsuldorlik ko'rsatkichini qayd etib turibdi.