«Arsenal», «Chelsi» va «Milan» ham bahsga kirishadi. Evropa Ligasida asosiy intrigalar
Sept. 20, 2018, 5:41 p.m. 2921

20 sentabr kuni Evropa Ligasida ham guruh bosqichi boshlanadi. Chempionlar Ligasidan quruq qolgan «Chelsi» GreTsiyada PAOK mehmoni bo'lsa, Unai Emeri boshchiligidagi «Arsenal» o'z uyida Ukrainaning «Vorskla» klubini qabul qiladi. «Milan» jamoasi esa Lyuksemburgga safar qiladi va evrokuboklarda debyutini o'tkazadigan «Dyudelanj»ni sinovdan o'tkazadi. Turnir favoritlaridan biri «Sevilya»ning birinchi raqibi Belgiyaning «Standard» klubi bo'ladi.

«Tribuna» darajasi bo'yicha Evropaning ikkinchi o'rindagi musobaqasidagi asosiy intrigalarni keltiradi.

Promes uchun turnir

«Sevilya» qatorasiga 3 marta Evropa Ligasi g'olibi bo'lganidan keyin bu turnirda ko'rinish bermayotgandi. Andalusiyaliklar bunday natijani Unai Emeri boshchiligida qayd etishgandi. Murabbiy keyin Parijga ketdi, shu yil yozida esa Londonga o'tdi. U bu safar «Arsenal» bilan turnirda ishtirok etadi. «Kanonirlar» nihoyat evrokubokda zafar quchish orzusida yonmoqda. 

«Har qanday sovrin biz uchun muhim. 2000 yili «Arsenal» bu turnir finalida o'ynagan, ammo «Galatasaroy»ga yutqazgan. Jamoa 2006 yili Evropa Chempionlar ligasi finaliga chiqqan, ammo bu safar «Barselona»dan mag'lub bo'lgan. Men faoliyatim davomida katta ambiTsiyalar bilan ishlaganman va har bir turnirda sovrin uchun kurashganman», dedi inglizlar jamoasi murabbiyi matbuot anjumanida.

«Sevilya» uchun bu turnirning plyus va minus jihatlari mavjud. Jamoa Ispaniya chempionatidagi startni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. Jamoaning yangi murabbiyi Pablo Manchin bu turnirdagi o'yinlar orqali yanada ko'proq amaliyotlar o'tkazib, jamoasiga o'z falsafasini yaxshiroq singdirish imkoniyatiga ega bo'ladi. 

Jamoaning yangi xaridi Kuinsi Promes Ispaniya chempionati o'yinlarida zaxiradan tushish bilan kifoyalanmoqda. Evropa Ligasida esa u o'zini ko'rsatishi mumkin bo'ladi.

«Chelsi» ikkinchi darajali turnirda

Odatda muxlislar Evropa Ligasini pley- off bosqichidan boshlab kuzatishga kirishadi. Bu bosqichda turnirda EChLda guruhlarda uchinchi o'rinlarni egallagan jamoalar qo'shiladi va jiddiy juftliklar qarama-qarshiligi yuzaga kelishi mumkin bo'ladi. Bu safar esa turnirda guruh bosqichidayoq katta nomlarni ko'rishimiz mumkin. Shulardan biri yulduzli «Chelsi»dir. 

O'tgan mavsumlarda «Napoli»ni xalqaro maydonlarga qaytargan Maurisio Sarri bu yozda «Chelsi»da ish boshladi. U birinchi mavsumdayoq yaxshi natija ko'rsatishi uchun Evropa Ligasi yaxshi imkoniyat. U «Chelsi»ni kuchaytirganini Angliya premer-ligasi o'yinlari orqali ko'rmoqdamiz. Salonikidagi o'yinga u Azar, Kovachich va David Luiz kabi futbolchilarni olib kelmagan, ammo qolgan futbolchilar bilan ham tarkib jangovar ko'rinishda.

Bu turnirda o'tgan yilgi mavsumlarda Italiya klublari ham yaxshi ishtirok etib kelishgan. Xususan, o'tgan mavsumda «Milan» va «LaTsio» ishtirokidagi yorqin o'yinlarga guvoh bo'ldik, Andre Silva va Chiro Immobile jamoalarini chorak finalgacha etaklab borishdi. Bu jamoalar joriy mavsumda ham shu turnirda qatnashishadi. 

Ikkinchi plandagi aktyorlar

Turnirda yuqorida nomlari tilga olingan «Arsenal», «Chelsi», «Sevilya», «Milan» va «LaTsio» jamoalaridan boshqa favoritlar ham bor. Masalan, evrokuboklarda ishtirok etishni odat qila boshlagan «LeypTsig», bu turnirda ko'p martalab muvaffaqiyatli ishtirok etgan «Vilyarreal», Ispaniya chempionati vakillaridan yana biri «Betis», o'tgan mavsum finalchisi «Marsel». Shu bilan birgalikda Germaniya chempionatidan «Ayntraxt» va «Bayer», FranTsiya va Rossiyadan «Bordo» hamda «Zenit», Ukraina grandi, Kievning «Dinamo»si, Turkiyaning «Beshiktosh»i va «Fenerbahche»si, Portugaliyaning «Sporting»i hamda Shotlandiyaning «Seltik» jamoasi ham bor. Umuman olganda, futbol muxlislari bu turnirda ham zerikib qolishmaydi.

Tarixiy o'yin
Kamida bitta klub uchun bu turnir alohida ahamiyatga ega. Evrokuboklarda Lyuksemburgdan ilk jamoa qatnashmoqda. Germaniyalik mutaxassis Dino Toppmeller boshchiligidagi «Dyudelanj» gerTsoglik tarixida ilk marta evrokubokning asosiy bahslariga etib keldi. Birinchi turda mitti davlat vakili Italiya grandi «Milan»ni o'z maydonida qabul qiladi. Bu jamoaga keyingi turlarda «Betis» va «Olimpiakos» kabi kuchli jamoalar raqiblik qiladi va jamoada guruhdan chiqish uchun deyarli imkoniyat yo'q. Ammo jamoa turnirda qatnashgan ilk Lyuksemburg klubi sifatida nomini tarixga muhrlashi aniq. 

Yangi derbi
Guruh bosqichidagi eng qiziqarli qarama-qarshiliklardan biriga birinchi turdayoq guvoh bo'lamiz - «RB ZalTsburg» va «LeypTsig». Bitta xo'jayinga tegishli ikki klub bir turnirda ishtirok etishi avvaliga noroziliklarga sabab bo'lgandi. Ammo UEFA arbitraj palatasi bu holatda raqobat qoidasi buzilmagan, deb topdi.

Buning uchun «LeypTsig» nomini biroz o'zgartirishiga to'g'ri keldi. 

Qayd etish kerakki, ayni vaqtda «LeypTsig» etakchilariga aylangan Gulachi, ZabitTser, Ilzanker va Laymer kabi futbolchilarni «Red Bull ZalTsburg» tarbiyalab bergan. Bu Avstriya klubi asosida Germaniyada yirik klub shakllantirish loyihasidir.

Evropa Ligasi
1-tur bellashuvlari
20 sentabr, payshanba
Toshkent vaqti bilan soat 21:55da boshlanadigan o'yinlar

«G» guruhi
«Rapid»— «Spartak M»
«Vilyarreal» — «Reyndjers»

«H» guruhi
«LaTsio» — «Apollon»
«Olimpik» — «Ayntraxt»

«I» guruhi
«Genk» — «Malmyo»
«Beshiktosh» — «Sarpsborg»

«J» guruhi
«Oqhisor» — «Krasnodar»
«Sevilya» — «Standard»

«K» guruhi
«Dinamo Kiev» — «Astana»
«Renn» — «Yablones»

«L» guruhi
«Vidi» — BATE
PAOK — «Chelsi»

Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadigan o'yinlar
«A» guruhi
«LudogoreTs» — «Bayer»
AEK Larnaka — «Tsyurix»

«B» guruhi
«Seltik» — «Rusenborg»
«RB LeypTsig» — «ZalTsburg»

«C» guruhi
«Slaviya» Praga — «Bordo»
«Kopengagen» — «Zenit»

«D» guruhi
«Dinamo Zagreb» — «Fenerbaxche»
«Spartak» Trnava — «Anderlext»

«E» guruhi
«Arsenal» — «Vorskla»
«Sporting Lissabon» — «Qorabog'»

«F» guruhi
«Olimpiakos» — «Betis»
«Dyudelanj» — «Milan»