«Edgar Davids qaytdi» - Firmino maxsus ko'zoynakda shug'ullanmoqda
Sept. 20, 2018, 5:51 p.m. 4781

«Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino «Tottenhem»ga qarshi o'yinda jarohat oldi - raqib himoyachisi Yan Vertongen uning ko'ziga bexosdan barmog'ini tiqib olgan edi.

Shundan so'ng, u Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi o'yinda zaxirada qoldirildi. Ammo 2-bo'limda maydonga tushib, hal qiluvchi golni urdi.

«Liverpul» klubining rasmiy tvitteri xabariga ko'ra, Firmino maxsus ko'zoynakda shug'ullanmoqda. Bosh murabbiy Yurgen Klopp esa u haqda: «Edgar Davids qaytdi», degan bayonotni berdi. Gollandiyalik mashhur himoyachi faoliyatining yakunida shunday maxsus ko'zoynak taqqan edi.