Dzyuba golni nishonlash uslubini kimdan o'rgangani malum bo'ldi
Sept. 19, 2018, 11:19 a.m. 7788

Rossiyalik mashhur tennischi Mixail Yujniy «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba golni nishonlash uslubini o'zidan o'rganganini aytdi.

«Bu ishora qanday paydo bo'lgan? US Open turnirida David Nalbandyanni 5 setda mag'lub etdim, so'ngra muxlislarni shunday uslubda qutladim. Keyinchalik buni raketka bilan amalga oshira boshladim. Dzyuba tennisni yaxshi ko'radi, bazan o'ynab ham turadi. Endi bu ishoram Artyomga meros bo'lib qoldi», - dedi Yujniy.

36 yoshli Mixail Yujniy 2006 va 2010 yillarda US Open yarimfinaligacha etib borgan. U faoliyati davomida «Katta dubulg'a» turnirlarida g'alaba qozonmagan.