Saloh Neymarga qarshi. EChL intrigalari
Sept. 18, 2018, 2:49 p.m. 7444

Bugun evrokuboklarga ham katta o'yinlar qaytmoqda. 18 sentabr kuni Chempionlar ligasida guruh bosqichi start oladi. Bugun muxlislarni 4ta guruhda 16 jamoa ishtirokidagi 8ta to'qnashuv kutib turibdi.

Bu safar taqvimda muxlislar uchun juda yaxshi o'zgarish kutmoqda. Gap shundaki, endi tur o'yinlaridagi bir kundagi 8 o'yindan 2tasi 2soat ertaroq boshlanadi. Yani endi, faqat Sharqiy Evropada o'yinlar bo'lganda emas, balki har turda muxlislar ketma-ket ikki o'yinni jonli tomosha qilishlari mumkin. Bugun «V» guruhida «Barselona» – PSV hamda «Inter» – «Tottenhem» o'yinlari shu yangi vaqtda, yani Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

1-turning birinchi kunidagi qiziqarli uchrashuvlar anonsini etiboringizga havola qilamiz.

A guruhi – «Atletiko» uyidagi final orzusida

O'z mamlakatida har tomonlama ustun grand klublar borligiga qaramasdan, to'g'ri menejment va murabbiylar yordamida ularga qarshilik ko'rsata olayotgan va evrokuboklarda ham muvaffaqiyatli to'p surgan, xullas bir-biriga juda o'xshash bo'lgan uch klub bir guruhda to'plangan. Tabiiyki, pley-off uchun kurash bu davrada juda qizg'in kechadi va har turda raqiblarning o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Tag'in kim biladi, balki «Bryugge» ham o'z so'zini aytib qolar. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil «Atletiko» ishtirok etgan o'xshash guruhda («Chelsi», «Roma») guruh masalasini kutilmaganda «Qorabog'» hal qilib yuborgandi. Yani, aynan ozarboyjonliklarga qarshi natija ko'rsata olmagan jamoa yakunda pley-offga chiqa olmagandi.

Birinchi turdagi etiborli o'yin Monakoda kechadi. Simeonening ishtiyoqi Jardimning shijoatiga qarshi keladi. Har ikki jamoa mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmaganliklarini etirof etish kerak. Ilk o'yinda «Rayo Valekano» ustidan g'alaba qozongan madridliklar keyingi 3 o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Simeone shogirdlarining omadsizligini chindan omadsizlik desak, «Monako» FranTsiyada so'nggi 4 o'yinda g'alabaga erisha olmaganining obektiv sabablari bor.

«Monako»ning birato'la 8 futbolchisi jarohatdan tiklanib ulgurmagan. Faqatgina Radamel Falkaoni bu o'yin uchun oyoqqa turg'azishning imkoni bo'ldi xolos. Bugun jamoaga yordam bera olmaydiganlar ichida Subashich, Roni Lopesh, Yovetich kabi etakchi futbolchilar ham, Golovin kabi yangi transfer qilingan futbolchilar ham bor.

Shuningdek, «Atletiko»ning yozdagi yirik xaridi Lemarning sobiq jamoasiga qarshi qanday o'yin ko'rsatishi ham o'yinga qo'shimcha intriga yuklasa kerak. Albatta, Radamel Falkaoning ham avval aynan «Atletiko»da porlaganini ham hech kim unutgani yo'q.

«Bryugge» - «Borussiya» D
18 sentabr. Bryugge. «Yan Breydel» stadioni. 23.55 (Match Futbol 1)
Yo'qotishlar: Mata (jarohat), Nikamba (so'roq ostida) – Emer Toprak (jarohat), Alkaser, Rafael Gerreyru (barchasi – so'roq ostida)
Hakam: Makkeli (Niderlandiya).

«Monako» - «Atletiko»
18 sentabr. Monako. «Lui II» stadioni. 23.55 (Match Futbol 2)
Yo'qotishlar: Golovin, Pellegri, Roni Lopesh (barchasi – jarohatda), Yovetich. Subashich (ikkisi – so'roq ostida) – Arias, Vitolo (ikkisi – jarohatda), Kalinich, Ernandes (ikkisi – so'roq ostida)
Hakam: Kollam (Shotlandiya).

TAXMINIY TARKIBLAR:
Monako
: Benalo, Sidibe, Glik, Jemerson, Xenriks, Bennasser, Aolu, Shadli, Tilemns, Grandser, Falkao
Atletiko: Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Koke, Saul, Rodri, Lemar, Grizmann, Kosta


B guruhi – «Barselona»da jiddiy raqiblar

Bu guruhga bemalol «Ronaldo jamoalari» nomini bersa bo'ladi. Mashhur braziliyalik Ronaldo o'z vaqtida «PSV», «Inter» va «Barselona» klublari sharafini himoya qilgan va endi bu uch klub guruh bosqichida o'zaro to'qnash keladi.

Guruhda «Barselona»ning favorit ekaniga hech kimda etiroz yo'q, farqi, oldingi mavsumlardan farqli ravishda, endi kataloniyaliklar har o'yinga jiddiy yondashishlari talab etilar balki. Chunki, keyingi bosqichga chiqishni o'ziga juda muhim vazifa o'laroq qo'ygan kamida ikki jamoa bor guruhda.

«PSV»ni qavs ichiga olib tursak, birinchi turda Milandagi uchrashuv markaziy o'yin bo'lishi tabiiy. Guruhda «Barselona»ga raqib (yoki sherik) bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy jamoalar ilk turdayoq hisob-kitobni boshlab yuborishadi. Umuman, «Inter» va «Tottenhem» o'yinlari Evropa futboliga juda yorqin lahzalarni taqdim etganini hech kim unutmagan bo'lsa kerak. Maykon – Beyl dueliga aylanib ketgan 2010 yilgi EChL o'yinlari, masalan. Ayniqsa, Milanda o'tgan o'yin (4:3) uzoq vaqt muxlislarning og'zidan tushmagandi.

2012/13 yilgi mavsumda Evropa Ligasidagi ikki o'yin ham sTsenariy bo'yicha, ham oxirida yuzaga kelgan intriga bo'yicha, avvalgisidan qolishmaydi. Inglizlar dastlabki o'yinni o'z maydonlarida 3:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashgan, ammo javob o'yinida «Inter» xuddi shu hisobni qayd etib, to'qnashuvni qo'shimcha vaqtlarga olib borgandi. Qo'shimcha bo'limlarda tomonlarning bittadan goli yakunda safardagi gol qoidasi bo'yicha «Tottenhem»ning ustunligini taminlagandi.

Yozda Vrsalko, Bakoyoko, Nainggolan, Asamoa, De Vrey kabi etiborli transferlarni amalga oshirgan «Inter» yangi mavsumda «Yuventus»ga qarshilik qilishi mumkin bo'lgan asosiy davogar sifatida tilga olingandi. Ammo har doimgidek, milanliklar dastlabki turlarni beqaror o'tkazishdi, Spalletti shogirdlari «Parma», «Sassuolo» kabi o'rtamiyonalarga yutqazib qo'yishdi. «Tottenhem»da ham hammasi ko'ngildagidek emas, 4 g'alabadan keyin qabul qilingan ikki mag'lubiyat Pochettinoning ham kayfiyatini tushirib yuborgan. Har ikki tomondagi salbiy kayfiyat ham ijobiy, ham salbiy tasir qilishi mumkin – natijasi bugun oqshom malum bo'ladi.

Tarkibdagi yo'qotishlar borasida «Tottenhem»ning muammosi jiddiyroq. Dele Allining yo'qligi jamoa o'yiniga qay darajada tasir qilishini «Liverpul»ga qarshi o'yinda ham ko'rdik. Pochettino shuningdek, Alderveyreld va Tripeni Milanga olib ketmadi. «Bu g'irt texnik qaror, boshqa gapim yo'q, texnik so'zini manosini lug'atdan ko'rib olaveringlar», deb izohladi Pochettino. Biz odatda eng tushunarsiz holatlarda yoki haqiqiy sabab aytilgisi kelmayotgan paytlarda bu so'z ishlatilishiga o'rganib qolganmiz.

Spaletti Vrsalko yordamidan foydalana olmaydi, ammo Ikardining safga qaytishi aniq.

«Inter» - «Tottenhem» 
18 sentabr. Milan. «Juzeppe MeaTsTsa» stadioni. 21.55 (Match Futbol 1)
Yo'qotishlar: Vrsalko (jarohat), D'Ambrozio, Martines (ikkisi – so'roq ostida) – Alli, Lloris, Sissoko (barchasi – jarohatda)
Hakam: Tyurpen (FranTsiya).

«Barselona» - «PSV»
18 sentabr. Barselona. «Kamp Nou». 21.55 (Match TV)
Yo'qotishlar: Denis Suares, Malkom, Samper (barchasi – so'roq ostida) – Rigo, Romero, Tomas (barchasi – jarohatda)
Hakam: Sidiropulos (GreTsiya).

TAXMINIY TARKIBLAR:
Inter
: Handanovich, D’Ambrozio, De Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Galyardini, Visino, Nainggolan, Perishich, Politano, Ikardi
Tottenhem: Vorm, Ore, Sanches, Vertongen, Rouz, Uinks, Dayer, Dembele, Eriksen, Moura, Keyn


C guruhi – «O'lim guruhi»

«Inter» yoki «Monako»ning o'z guruhlarini qizitib yuborishlariga umid qilishimiz optimistik kayfiyatdan kelib chiqayotgan bo'lsa, aslini olganda haqiqiy o'lim guruhi «S» guruhidir. Asosiy maqsad sifatida EChL g'olibligini tanlab, bu yo'lda milliardlab sarflagan «PSJ», 1990-yildan buyon eng yaxshi startini amalga oshirib, balki «Klopp himoyani tug'irlay olmaydi» degan farazdan qutulayotgan «Liverpul», o'tgan mavsumda deyarli chempionlik grafigida ochko yig'ib, lekin chempion bo'la olmagan «Napoli»... Klopp, Anchelotti, Tuxel – hammasi bir guruhga siqqanini qarang.

«Liverpul» himoyasi haqida gap ketdi, lekin nazarimizda haqiqiy sinov bugun bo'lib o'tadi. Butun Angliya qoyil qolayotgan Robertson, Gomes va Aleksandr-Arnoldning haqiqiy saviyasi bugun, Mbappe, Di Mariya, Kavani, Neymardan iborat hujum chizig'iga qarshi qanday o'yin ko'rsatishi qiziq bo'lsa kerak.

Bu o'yinni shuningdek, «Dortmund derbisi» deb ham atash mumkin. Klopp Dortmundda ajoyib jamoa tuzdi, Tuxel esa, o'sha jamoani keyinroq, inqirozdan olib chiqib, yana yuqori pog'onalarga qaytara oldi. Germaniyada ham, Evropada ham bu ikki mutaxassis, ularning uslubi juda ko'p solishtiriladi, Dortmundda aynan qaysi biri chiroyliroq futbol qurgani haqida munozaralar tinmaydi. Bugun bu ikki murabbiy endi Evropada, ikki top-klub boshida qarama-qarshi keladi. Bu murabbiylarning oldingi to'qnashuvlari ikki yil oldin bo'lib o'tgan. Evropa Ligasidagi «Liverpul» va «Borussiya» o'rtasidali dramatik chorak final yodingizda bo'lsa kerak.

«Agar o'yin dushanba kuni bo'lganida, Firmino aniq maydonga tushmasdi», – dedi Yurgen Klopp. Demak «Tottenhem»ga qarshi o'yinda ko'zidan jarohatlangan braziliyalik hujumchining bugungi o'yinda maydonga tushishi ham so'roq ostida. Mehmonlar tarkibida esa, Buffon va Veratti diskvalifikaTsiya tufayli o'ynay olishmaydi. Qizig'i, har ikki futbolchi o'tgan mavsum EChLda «Real»ga qarshi o'yinlarda qizil kartochka olishgan.

«Liverpul» - «PSJ»
18 sentabr. Liverpul. «Enfild» stadioni. 23.55 (Match Futbol 1)
Yo'qotishlar: Lallana, Lovren, Chemberlen (barchasi – jarohatda), Origi, Solanke, Firmino (barchasi – so'roq ostida) – Buffon, Verratti (ikkisi – diskvalifikaTsiya qilingan), Dani Alvesh, Kurzava (ikkisi – jarohatda)
Hakam: Junayt Chaqir (Turkiya).

«Tsrvena Zvezda» - «Napoli»
18 sentabr. Belgrad. «Rayko Mitich» stadioni. 23.55 (Match Futbol 2)
Yo'qotishlar: Pavkov (so'roq ostida) – Kirikesh, Meret (ikkisi – jarohatda)
Hakam: Marchinyak (Polsha).

TAHMINIY TARKIBLAR:
Liverpul
: Alisson, Aleksandr-Arnold, Van Deyk, Gomes, Robertson, Henderson, Keyta, Veynaldum, Saloh, Mane, Starrij
Tottenhem: Vorm, Ore, Sanches, Vertongen, Rouz, Uinks, Dayer, Dembele, Eriksen, Moura, Keyn


D GURUHI

Bu guruhdagi hamma jamoa xursand bo'lishsa kerak. Chunki har bir jamoaga kutilganidan oson raqiblar to'g'ri keldi. Shu bilan birga bu guruhda keyingi bosqich uchun kurash juda qizg'in bo'lishini va har bir o'yin o'ziga xos tarzda juda qiziqarli o'tishini taminlashi ham mumkin.

Agar grand jamoalarning hisob-kitobli, salobatli o'yinlaridan zeriksangiz, bu guruhdagi har qanday o'yini tanlang, zerikmaslik ehtimoli yuqori.

«Galatasaroy» - «Lokomotiv»
18 sentabr. Istanbul. «Turk Telekom» stadioni. 23.55 (Match TV)
Yo'qotishlar: Emre Akbaba, Maykon (ikkisi – so'roq ostida) – Smolov (diskvalifikaTsiya), KolomeyTsev (jarohat), Ribus (so'roq ostida)
Hakam: Rokki (Italiya).

«Shalke» - «Portu»
18 sentabr. Gelzenkirxen. «Feltins-Arena» stadioni. 23.55 (Match Nash sport)
Yo'qotishlar: Stambuli (jarohat), Maskarel, Skribski (ikkisi – so'roq ostida) – -
Hakam: Xil Mansano (Ispaniya).