Karrera Glushakov va Eshchenkoni «Spartak» mashg'ulotlaridan chetlatdi
Sept. 18, 2018, 5:21 p.m. 1305

«Spartak» bosh murabbiyi Massimo Karrera jamoa himoyachisi Andrey Eshchenko va yarimhimoyachi Denis Glushakov bo'yicha qaror qabul qildi.

Italiyalik mutaxassis Glushakov va Eshchenkoni mashg'ulotlardan chetlatgan.

Bundan avvalroq ushbu futbolchilar «Spartak» muxlisi, aktyor Dmitriy Nazarov tomonidan Karrera tanqid qilingan postga layk bosishgani malum bo'lgandi.

Sport24.ru malumotiga ko'ra, Glushakov va Eshchenko Evropa Ligasi doirasida 20 sentabr kuni Venada «Rapid»ga qarshi kechadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.