«Barselona» prezidentidan Ronalduni sotib olish haqida so'rashdi
Sept. 18, 2018, 6:13 p.m. 18608

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeuga: «Real»ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish varianti bo'lganmi?» deya savol berishdi.

«Krishtianu – kuchli o'yinchi. U «Yuventus»ni kuchaytira oladi. Ammo uni o'z tarkibimizga qo'shib olish fikri mutlaqo xayolimizga ham kelmagan.

«Yuventus» oldin ham EChL g'olibligi uchun davogarlardan biri edi. Endi bu jamoaning intilishi yanada jiddiyroq tus oladi», - degan Bartomeudan iqtibos keltirib o'tdi Onda Cero.

Bugun, shuningdek, Bartomeuning «Barsa» o'yinini Mayamida o'tkazish g'oyasiga qarshi emasligi malum bo'lgandi.