RPL. «Rostov» safarda ochko yo'qotdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
Sept. 17, 2018, 10:09 p.m. 1057

Rossiya Premer-Ligasida 7-turdan o'rin olgan bir o'yin yakunlandi.  

«Ural» o'z maydonida «Rostov»ni qabul qildi. O'yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. 47-daqiqada Aroyan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 4-daqiqada Ionov o'z goli bilan uni tenglashtirdi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov «Rostov» tarkibida 83-daqiqada maydonga tushdi. 

Bu natijadan so'ng, «Rostov» 14 ochko bilan 2-o'rinda, «Ural» esa 5 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.

RPL, 7-tur
Ural – Rostov 1:1 (0:0, 1:1)
17 sentabr, «Ekaterinburg-Arena» 
Gollar: 1:0 – 47 Aroyan, 1:1 – 49 Ionov. 
Ural – Godzyur, Brizgalov, DanTsev (Merkulov, 75), Aroyan, BalajiTs, Aratore (El-Kabir, 70), Bumal, Bikfalvi, Dimitrov, Fidler, Ilin.
Rostov – Abaev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, SkopinTsev, Ionov (Zuev, 90), Saletros, Guliev, GaTskan, Parshivlyuk (Logashov, 80), Sigurdarson (Eldor Shomurodov, 83).
Ogohlantirishlar: Guliev (61), Bumal (84), Fidler (90).