Ronaldu «Yuventus» safida ilk golini urdi
Sept. 16, 2018, 7:25 p.m. 6896

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 4-turi doirasida «Sassuolo»ga qarshi o'yinning 50-daqiqasida hisobni ochdi.

Bu gol ushbu 33 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun «Yuventus» safidagi ilk gol bo'ldi.

Qayd etish kerakki, Ronaldu keyingi ikki hafta davomida «Yuventus» bilan qatiy tartibda shug'ullandi. Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi ham yangi jamoasiga moslashib olishi uchun uni terma jamoa yig'iniga jalb etmadi.