Messi uchun yangi taklif paydo bo'ldi
Sept. 16, 2018, 1:51 p.m. 27419

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekhem o'zining «Inter» (Mayami) klubiga «Barselona» forvardi Lionel Messini taklif etmoqchi.

Bekhem jamoasi 2020 yili MLS chempionatida ishtirokini boshlaydi va u argentinalik hujumchini birinchi mavsumdayoq jamoasida o'ynatishni istamoqda.

Ayni vaqtda 31 yoshda bo'lgan Messining katalonlar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum oxiriga qadar tuzilgan.

2020 yil yozida futbolchi 33 yoshda bo'ladi, Bekhem bunday taklifga ko'k-anorranglilar jamoasi ham rozi bo'lishiga ishonch bildirmoqda.