Terri nega «Spartak»ka o'tishga ikkilanayotgani malum qilindi
Sept. 11, 2018, 8:53 a.m. 3615

«Chelsi» klubi va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jon Terrining «Spartak» klubiga o'tishini rasmiylashtirish ishlari to'xtab qolgan, deya xabar tarqatdi «Sport-Ekspress».

Nashrning yozishicha, 37 yoshli futbolchi bilan bitim shartlari borasida hech qanday muammo yo'q. Rimdagi «Villa Styuart» klinikasida o'tgan tibbiy ko'rik natijalari ham ijobiy chiqqan. Transfer ishining so'nggi lahzada to'xtab qolishi, deb yozadi «SE», Terri va uning oila azolari Rossiyaga ko'chib kelishning qanchalik maqsadga muvofiq ekani borasida shubhalana boshlagani bilan bog'liq. Bunga ushbu mamlakat haqida Evropa matbuotidagi ko'plab salbiy maqolalar ham sabab bo'lmoqda.

Takidlash joiz, RPLda transfer darchasi 14 sentabr kuni tushiriladi. Avvalroq tomonlarning kelishuviga ko'ra so'nggi mavsumni «Aston Villa»da o'tkazgan futbolchi Moskvada yiliga 2 million evroga yaqin maosh olishi, shartnoma 1+1 ko'rinishida bo'lishi malum bo'lgandi.

Bazi manbalarga ko'ra, «Spartak» vakillari Terrining transferi ehtimolini 10%ga baholamoqda.