Terri «Spartak»da yiliga 2 million evro maosh oladi
Sept. 8, 2018, 4:31 p.m. 2217

Moskvaning «Spartak» klubi angliyalik himoyachi Jon Terriga yillik 2 million evro maoshni ko'zda tutuvchi shartnoma taklif qilgan, deb xabar bermoqda The Sun.

Ingliz nashri ham italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di MarTsioning malumotini tasdiqlagan: tomonlar bir yil muddatga shartnoma imzolashadi va bu hujjatda kelishuv yana uzaytirilishi mumkinligi haqida alohida band belgilab qo'yiladi.

Ayni paytda tibbiy ko'rikdan o'tgani haqidagi xabarlarni Terrining o'zi ham tasdiqladi. U instagramdagi sahifasida qon topshirayotgan vaqtdagi suratini joylashtirgan.

Qayd etilishicha, Jon «qizil-oqlar» jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kafolantganligi sababli taklifga rozilik bergan. Eslatib o'tamiz, 37 yoshli futbolchi o'tgan yili «Chelsi»dagi uzoq yillik faoliyatiga yakun yasab, «Aston Villa» tarkibiga o'tgan va shu yozda erkin agentga aylangan edi.