A Seriya. "Roma" "Torino"ni mag'lub etdi, "Inter" "Sassuolo"dan engildi
Aug. 20, 2018, 1:39 a.m. 2005

Italiya A Seriyasi 1-turining navbatdagi o'yinlari o'tkazildi. 

Torino" maydonga safar qilgan "Roma" kichik hisobda g'alaba qozondi. O'yindagi yagona gol 89-daqiqada Djeko tomonidan kiritildi. 

"Sassuolo" o'z maydonida "Inter"ni qabul qilib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi – 1:0. Maydon egalariga g'alaba keltirgan gol 27-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Berardi tomonidan kiritildi. 

Torino – Roma 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 89 Djeko.
Torino – Sirigu, ITsTso (Bremer, 79), Nkulu, Moretti, de Silvestri (Ayna, 27), Bazelli, Rinkon (Soriano, 86), Meyte, Berenger, Yago Falke, Belotti.
Roma – Olsen, FlorenTsi, Manolas, Fasio, Kolarov, Strotman, de Rossi, Pastore (Shik, 76), Under (Klyuyvert, 70), Djeko, El-Shaaravi (Kristante, 60).
Ogohlantirishlar: Fasio (30), Yago Falke (57), FlorenTsi (84), Djeko (90).
 
Sassuolo – Inter 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 27, penalti Berardi.
Sassuolo – Konsili, Manyani, Rojerio, Lirola, Ferrari, Boateng (El-Babakar, 85), Burabiya (Sensi, 64), Berardi, Dankan, Di Franchesko (Boga, 74), Manyanelli.
Inter – Xandanovich, Miranda, de Vrey, Dalbert (Perishich, 46), Asamoa, Brozovich (Karamo, 86), Vesino, Politano, D`Ambrozio, Martines (Keyta Balde, 69), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Dankan (6), Rojerio (16), Miranda (25), Vesino (54), Sensi (90).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Parma – Udineze 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 43 Ingleze, 2:0 – 59 Barilla, 2:1 – 65, penalti de Paul, 2:2 – 69 Fofana. 

Empoli – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Krunich, 2:0 – 52 Kaputo.

Bolonya – SPAL 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 71 Kurtich.