O'zbekistonda yana bir medal. Magomed Ibragimovning raqibi bahsni yakunlay olmadi
Aug. 19, 2018, 8:56 p.m. 3643

O'zbekiston erkin kurash jamoasi Osiyo o'yinlarida delegaTsiya hisobiga uchinchi medalni olib berdi.

97 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Magomed Ibragimov bronza medal uchun bahsda yaponiyalik Takeshi Yamaguchini mag'lubiyatga uchratdi.

Bahsning birinchi raundi O'zbekiston vakilining to'liq ustunligida o'tdi - 6:0. Ikkinchi raundda esa yaponiyalik sportchi jiddiy jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi. Natijada, Ibragimovga texnik g'alaba yozildi hamda u O'zbekiston hisobiga yana bitta bronza medal olib keldi.

Bungacha 65 kg vazn toifasidagi Sirojiddin Hasanov bronza, 74 kg vazn toifasidagi Bekzod Abdurahmonov oltin medal olgandi.