«Real» qiziqayotgan futbolchi jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi
Aug. 19, 2018, 8:18 p.m. 2700

"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda na Corriere dello Sport malum qildi. 

Manba bergan malumotga ko'ra, 25 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2023 yilga qadar imzolangan. Yangi shartnomaga ko'ra, Ikardi yiliga 8 mln evro oladi. 

Qo'shimcha qilinishicha, Ikardi uchun tovon puli 160 mln evroni tashkil qiladi. 

Mauro o'tgan mavsum "Inter" safida 36ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 29ta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Avvalroq, Ikardiga "Real Madrid" qiziqish bildirayotgani haqida malumotlar paydo bo'lgan edi.