APL. "MYu" autsayderga yutqazdi
Aug. 19, 2018, 10:06 p.m. 5045

APL 2-turining navbatdagi o'yini o'tkazildi. 

"Brayton" maydoniga safar qilgan "Manchester Yunayted" mag'lubiyatga uchradi. "Falmer" stadionida kechgan o'yin 3:2 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo'ldi. 

Mezbonlar safida Myurrey, Daffi hamda Gross 1tadan gol kiritgan bo'lsa, mehmonlarning gollari Lukaku hamda Pogba tomonidan kiritildi. 

Brayton – Manchester Yunayted 3:2

Gollar: 1:0 – 25 Myurrey, 2:0 – 27 Daffi, 2:1 – 34 Lukaku, 3:1 – 44, penalti Gross, 3:2 – 90, penalti Pogba.
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Montoyya, Dank (Balogun, 20), Stivens, Propper, Gross (Kayyal, 90), March, Knokert, Myurrey (Lokadiya, 90).
Manchester Yunayted –    De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Pogba, Pereyra (Lingard, 46), Mata (Reshford, 46), Fred, Marsyal (Fellayni, 60), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Marsyal (45), Myurrey (67).