Salom, futbol. Evropada mavsum boshlanmoqda. Uchrashuvlar anonsi
Aug. 17, 2018, 1:12 p.m. 11499

Evropa futboli asta-sekinlik bilan tezlanish olmoqda. O'tgan hafta kuchli beshlikdan Angliya va FranTsiyada dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tgan bo'lsa, bu haftadan Italiya A Seriyasi va Ispaniya La Ligasi ham start oladi va aytish mumkinki, bizni birinchi kunlardanoq bir qator etiborga molik o'yinlar kutmoqda. Ananaviy ravishda, dam olish kunlari Evropa maydonlarida bo'lib o'tadigan qiziqarli uchrashuvlar anonsi bilan tanishtiramiz.

ChELSI – ARSENAL (18 avgust, 21:30)

«Arsenal»ning taqvimiga havas qilib bo'lmaydi. O'tgan turda Emeri shogirdlari juda yaxshi sport formasida bo'lgan «Manchester Siti»ni qabul qilishdi va mag'lubiyatga uchrashdi. Endi esa, «Stemford Bridj»ga safar. «Chelsi» esa, safarda to'p surganiga qaramasdan, ancha ishonchli o'ynadi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Har ikki jamoa mavsumga bir xil sharoitda kirib kelishdi. O'tgan yilgi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng, yangi murabbiy, Evropa Ligasiga, kamtarona transfer siyosati. Mutaxassislar bu jamoalarga unchalik ishonishmayapti, sababi, aytish mumkinki, Emeri ham, Sarri ham oldingi murabbiylardan biroz farqli o'yin falsafasiga ega. Bu esa, dastlabki oylarda biroz noqulaylik tug'dirishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Tarkiblarga kelsak, «Chelsi» safida faqat Sesk Fabregas maydonga tushmasligi mumkin. Aksincha, jahon chempionati tufayli tatildan kechroq qaytgan Eden Azar bu safar o'yinga tayyor bo'ladi va asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. «Arsenal» safida esa, uzoq muddatga safdan chiqqan Koselni va KolashinaTsdan tashqari hamma tayyor. Hatto Nacho Monreal ham mashg'ulotlarga kirishdi va u bugun maydonga qaytishi mumkin.

O'zaro uchrashuvlarga qarasak, so'nggi paytlarda «Arsenal»ning ustunligiga guvoh bo'lamiz. Turli turnirlar va o'rtoqlik o'yinlarini ham qo'shsak, oxirgi olti o'yinda «Chelsi» g'alaba qozona olmayapti. O'zaro so'nggi uchrashuv esa, yaqindagina, 2 avgust kuni mavsumoldi yig'inlar doirasidagi AQSh turnirida bo'lib o'tgandi. Ryudigerning o'yin boshlaridagi urgan goliga so'nggi daqiqada Lyakazett javob bergan va o'yin 1:1 hisobida yakuniga etgan.  

KEVO – YuVENTUS (18 avgust, 21:00)

Odatiy kunda bu uchrashuvga etibor qaratish shart bo'lmasdi, balki. Ammo Krishtianu Ronaldu oddiy futbolchi emas, uning A Seriyadagi debyut o'yini barchaning etiborida bo'lishi tabiiy. Bu tomondan «Kevo» muxlislariga havas qilsa arziydi. Shundog'am «Kevo» «Yuventus» uchun qulay raqib, oxirgi 12 o'yinning 11tasida turinliklar jamoasi g'alaba qozonishgan, bir o'yin durang bilan tugagan. Ammo shu bahona Ronalduning «Yuventus» safidagi ilk rasmiy o'yinini jonli tomosha qilish hammaga ham emas, to'g'rimi?

«Real»dagi sarguzashtlarini tugatib, yangi chaqiriq uchun Turinni tanlagan 33 yoshli hujumchi nazorat o'yinlarida o'zini ko'rsatmoqda va gollar urmoqda. Uning Madriddagi goleadorlik xususiyati Italiyada ham davom etadimi, bunga dastlabki o'yindayoq javob olishimiz mumkin.

Faqat Ronaldu emas, muxlislar shu kuni Leonardo Bonuchchining ham qaytishini kuzatishlari mumkin. «Milan»da muvaffaqiyatsiz kechgan mavsumdan keyin Bonuchchi yana qaytmoqda. Yana bir yangi futbolchi Konseluning esa, maydonga tushishi so'roq ostida. Uning kichik jarohati bor.

VILYaREAL - REAL SOSEDAD (18 avgust, 23:15)

Haqiqiy ispan futbolini sog'inganlar uchun juda yaxshi afisha. Balki yangi mavsumda evrokuboklar uchun kurashadigan ikki jamoa dastlabki turdayoq to'qnash keladi.

«Vilyareal» juda faol mavsumoldi transfer kampaniyasini olib bordi. Jamoani tark etganlar orasida ham, kelganlar orasida ham etiborli nomlar bor. Masalan, uzoq yillik tanaffusdan so'ng, erkin agent sifatida jamoaga qaytgan Santi Kasorlani maydonda ko'rish mahalliy ishqibozlar uchun ham, biz uchun ham qiziq bo'lsa kerak. Shuningdek, «Everton»dagi o'yinlari orqali tanish bo'lgan markaziy himoyachi Ramiro Funes Mori, «Portu»dan kelgan Migel Layyun kabi futbolchilar ham jamoa o'yiniga ishonch olib kirsa kerak.

Basklar tarkibida esa, etakchi himoyachi Alvaro Odriosola Madridning «Real»iga o'tib ketdi. Ammo aynan «qirollik klubi»dan ijaraga olingan Teo Ernandes uning o'rnini bildirmasa kerak.

Yana shuni aytish mumkinki, har ikki jamoa tarkibida jarohatlangan futbolchilar juda ko'p. Mezbonlardan Soriano, Bonera, Fuego va Triguerosning o'ynashi so'roq ostida bo'lsa, sosedadliklardan Yanuzay, Surutusa, Xuanmi Lopes, Moyya kabi futbolchilarda jarohat bor.

Jamoalar o'rtasida kechgan oxirgi 20 uchrashuvning 8tasida «Vilyareal» g'alaba qozongan. Shuncha o'yin durang bilan yakuniga etgan. 

LATsIO – NAPOLI (18 avgust, 23:30)

A Seriya faqat Ronalduning debyuti emas, ikki favorit jamoaning o'zaro bahsi bilan ham boshlanadi. O'tgani yili so'nggi turlargacha Chempionlar Ligasi uchun kurashgan «LaTsio» «Napoli»ni qabul qiladi.

«Napoli» yozda tarkibda katta o'zgarishlar qilmagan bo'lsa-da, bosh murabbiyning o'zgarganining o'zi ham katta voqea. Agar o'yin falsafasida katta ahamiyat kasb etgan Sarri o'rniga, haqiqiy italiyalik Karlo Anchelotti kelgan bo'lsa... Shuningdek, maydon markazida etakchi futbolchi Jorjino «Chelsi»ga o'tib ketdi. Uning o'rnini «Bolonya»dan taklif qilingan Simone Verdi bosishi kerak.

«LaTsio» esa braziliyalik havbeki Filipe Andersonni «Vest Hem»ga sotishga majbur bo'ldi, Stefan de Vrey «Inter»ni tanladi. Shunday bo'lsa-da, Simone Indzagi jamoasiga bu yili o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan yangi nomlar kelib qo'shilgan. Bular - Rizo Durmisi («Betis»), Valon Berisha («ZalTsburg»), Silvio Proto («Olimpiakos»), Franchesko Acherbi («Sassuolo»), Xoakin Korrea («Sevilya») va Milan Badel («Fiorentina»).

Qizig'i, saviya jihatidan bu jamoalar bir biriga ancha yaqin hisoblansa-da, so'nggi uch o'yinda «Napoli» yirik hisobda g'alaba qozongan ekan. «LaTsio»ning so'nggi g'alabasi 2015 yilning mayiga to'g'ri keladi.

VALENSIYa – ATLETIKO (20 avgust, 23:00)

Yana bir ispan futboli klassikasi. La Ligada chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun atigi ikki joy bor. «Real» va «Barselona»ning doimiy chiptasidan tashqari. Bu ikki jamoa mana shu ikki o'rinni egallashgan, yani o'tgan mavsumni maksimal darajada muvaffaqiyatli o'tkazishgan deyish mumkin.

Buning ustiga har ikki jamoa ham yozda juda faol bo'ldi va bir qator kuchli futbolchilar evaziga yanada kuchaydi. Denis Cherishev, Kevin Gameyro, Michu Bashuayi, Kristiano Pichchini, Daniel Vass, Muxtor Diakabi kabi futbolchilar «Valensiya»ga o'tgan yili etishmagan ustunlikni beradi - yani murabbiy uchun turli rotaTsiya va taktik manevrlar uchun sharoit yaratadilar. Ketganlar orasida Nanining «Sporting»ga, Kanselu «Yuventus»ga transferi, Perreyraning Manchesterga, Gonsalo Guedeshning Parijga qaytganini aytish mumkin. Jamoa nazorat o'yinlarini ham yuqori saviyada o'tkazdi - Anliyada «Everton» ustidan 3:2, shuningdek, «Bayer» ustidan qozonilgan yirik (3:0) hisobdagi g'alaba ham etiborga molikdir.

«Atletiko» ham juda aqlli va dadil transferlarni amalga oshirdi. 70 millionga Lemarning «Monako»dan kelishining o'zi katta voqea. «Atletiko»ning kuchini kuni-kecha Evropa Superkubogi uchun bahsda ham ko'rdik. Tabiiyki, bu yil madridliklar o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashadi. Yo'l esa, Valensiyadan boshlanadi, oson emas.

«Valensiya» «Atletiko» ustidan 2014 yilning oktabridan buyon g'alaba qozona olmayotganini takidlash kerak.

KRISTAL PELAS – LIVERPUL (20 avgust, 23:55)

«Liverpul» mavsumni juda yaxshi boshladi va Klopp jamoasi ko'pchilik taxmin qilganidek, chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri ekanini isbotlashni boshladi. Ammo «Kristal Pelas» «Liverpul» uchun juda noqulay raqib.

To'rt yil oldin aynan «Kristal Pelas» 0:3 hisobini 3:3ga aylantirib, «Liverpul»ni nazariy tomondan chempionlik kurashidan chiqarib yuborganini hamma eslasa kerak. Bu oxirgisi emasdi, shundan so'ng ham «Kristal Pelas» raqibining oyog'idan chalishda davom etdi. Yurgen Kloppning Angliyadagi ilk mag'lubiyati ham «Enfild»da aynan «Kristal Pelas»dan bo'lgandi. Umuman, so'nggi 4 yilda «Kristal Pelas» «Liverpul»ni 4 marta mag'lubiyatga uchratdi – kichik jamoa uchun bu juda katta natija. Bu g'alabalardan uchtasi «Enfild»da ro'y bergan. O'z maydonida ham «burgutlar» ancha dadil o'yin namoyish etishadi.

«Liverpul»ning transfer oynasidagi xaridlari haqida ko'p gapirildi, o'z navbatida Roy Hojson ham tarkibda bir qator sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirdi. «Vest Hem»dan Sheyx Kuyate, Germaniyadan Maks Mayer, «Suonsi»dan Jordan Ayyu kabi nomlar «Kristal Pelas» uchun juda yaxshi kuchayishdir. Shuningdek, jamoa etakchi hujumchisi Uilfrid Zaaning klub bilan yangi shartnoma imzolagani ham emoTsional tomondan ijobiy turtki bo'lishi mumkin. Tark etganlar orasida Yohan Kabayning «An Nasr»ga o'tib ketganini eslash mumkin.

«Liverpul» so'nggi nazorat o'yinlarini juda kuchli o'tkazdi, «MYu» ustidan 4:1, «Napoli» ustidan 5:0 hisobidagi g'alabalar qayd etildi. Buning davomi sifatida «Vest Hem» APLning 1-turida 4:0 hisobida tor-mor keltirildi. Saloh, Mane, Firmino hamon o'sha biz bilgan yuksak sport formasidalar, xo'sh, o'tgan yili «Manchester Siti»ni to'xtatishning uddasidan chiqqan «Kristal Pelas» bu safar nima qila olarkin?

BOShQA O'YINLAR

18 avgust. Gengam – PSJ (20:00), BARSELONA – Alaves (19 avgustga o'tar kechasi, 01:15)

19 avgust. MANChESTER SITI – Haddersfild (17:30), Brayton – MANChESTER YuNAYTED (20:00) Sassuolo – INTER (23:30) REAL – Xetafe (20 avgustga o'tar kechasi, 01:15)