Osiyo o'yinlarida ilk sensaTsiya yuz berdi
Aug. 17, 2018, 7:19 p.m. 22825

Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasida birinchi sensaTsiya yuz berdi.

E guruhida ishtirok etayotgan Janubiy Koreya U23 terma jamoasi 2-turda, kutilmaganda Malayziya yoshlariga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Safaviyning 1-bo'limdagi 2ta goliga koreyaliklar o'yin oxirida 1 marta javob qaytara olishdi xolos.  Natijada, malayziyaliklar 6 ochko jamg'arib, guruh peshqadamiga aylanishdi va pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Endi Janubiy Koreya so'nggi turda Qirg'iziston bilan, Malayziya esa Bahrayn bilan bellashadi. 

Eslatib o'tamiz, guruhda 1 va 2-o'rini egallagan jamoa 1/8 finalga chiqadi. Shuningdek, 6ta guruhda 3-o'rinni egallagan jamoalardan 4tasi ham pley-off bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ladi. 

Osiyo o'yinlari, Jakarta-2018
Futbol musobaqasi
E guruhi, 2-tur
17 avgust

Malayziya U23 - Janubiy Koreya U23 - 2:1
Gollar: Safaviy (5, 45+1) - Hvang Ui Jo (88)

Bahrayn U23 - Qirg'iziston U23 - 2:2
Gollar: Marhun (20), Sanad (90+4) - Abduraxmonov (59), Batirkanov (82)