Simeone: «Grizmann «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega»
Aug. 15, 2018, 9:58 a.m. 1998

«Atletiko» ustozi Diego Simeone shogirdi Antuan Grizmanning bu yilgi «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatini yuqori baholadi.

«Hali vaqt bor, qarorni ekspertlar qabul qiladi. Nazarimda, Grizmannda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bor», - degan Simeoning so'zlarini keltirib o'tdi UEFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Grizman o'tgan mavsum oxirida «Atletiko» safida Evropa ligasi g'olibi bo'ldi hamda FranTsiya terma jamoasi bilan jahon kubogini qo'lga kiritdi. 27 yoshli franTsuz ikkala musobaqada ham finalning eng yaxshi o'yinchisi deya etirof etildi.

Bugun Antuan mavsumdagi sovrinlari sonini uchtaga etkazish imkoniyatiga ega. UEFA Superkubogi uchun "Real"ga qarshi bahs Tallindagi "Le Kok Arena" stadionida Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanadi.