«Roma» yozda 14ta transferni amalga oshirdi
Aug. 15, 2018, 10:42 a.m. 5409

«Roma» klubi yozgi transferlar oynasini juda faol o'tkazdi.

«Bo'rilar» hozirgacha 14ta transferni amalga oshirishga muvaffaq bo'lishdi.

Xususan, «Roma» tarkibini darvozabonlar  Daniel Fusato (0,5 million evro), Antonio Mirante (4) va Robin Olsen (6,5); himoyachilar - Ivan Merkano (bepul), Vilyam Byanda (6) va Davide Santon (9,5); yarimhimoyachilar - Nikolo Dzaniolo (4,5), Brayan Kristante (5), Ante Chorich (6), Xaver Pastore (24,7) va Stiven N'Zonzi (26,65); hujumchilar - Patrik Shik (9), Gregori Defrel (15) va Jastin Klyuyvert (17,25) to'ldirishdi.

«Roma» bu transferlar uchun jami 135 million evro sarfladi.