Yana bir futbolchi «Real»dan ketadi
Aug. 14, 2018, 11:50 a.m. 17335

«Real» bilan mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etgan yarim himoyachi Martin Edegor UEFA Superkubogi uchun 15 avgust kuni bo'lib o'tadigan «Atletiko»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Marca nashri xabariga ko'ra, ushbu 19 yoshli norvegiyalik futbolchi yaqin kunlarda yangi jamoa safida paydo bo'ladi. 

Ayni vaqtda Ispaniya primerasiga qaytgan «Valyadolid» klubi futbolchini ijaraga olish istagini bildirgan.

Martin Edegor 2015 yilning qishida, katta shov-shuvlar bilan Madridga kelgandi. Ammo u jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi - asosiy jamoada faqat ikki o'yinda ishtirok etdi.

Futbolchi o'tgan mavsumni Niderlandiya chempionatida, «Xerenven» safida ijarada o'tkazgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan.