«Liverpul» Muhammad Saloh ustidan poliTsiyaga arz qildi
Aug. 14, 2018, 12:23 p.m. 26780

«Liverpul» yarimhimoyachisi Muhammad Saloh avtomobilni boshqarayotganda mobil telefondan foydalangani uchun jazolanishi mumkin, deb xabar beradi BBC.

Angliya poliTsiyasi transport vositasini boshqarayotganda mobil telefonda so'zlashgan shaxsning Muhammad Saloh ekanini aniqlagan. Bunda, videoni «Liverpul» klubining o'zi poliTsiyaga taqdim qilgani aytilmoqda. Keyinchalik buni klubning o'zi ham tasdiqladi.

«Klub futbolchi bilan suhbatlashganidan so'ng, bu videoni va uni suratga olinishi bo'yicha malumotlarni poliTsiyaga etkazdi. Klub va futbolchi bu mojaro yuzasidan boshqa izoh bermaydi» - deyiladi bayonotda.