Jahon chempionati kashfiyotini Angliyada kutishmoqda
July 18, 2018, 11:31 a.m. 8357

«Tottenhem» FranTsiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan Benjamin Pavar uchun kurashga qo'shildi.

 malumotiga ko'ra, «Shtutgart»ning ushbu 22 yoshli himoyachisi uchun «PSJ», «Bavariya» va «Atletiko» kabi klublar ham raqobat qilmoqda.

2019 yil yozida futbolchining shartnomasidagi alohida band ishga tushadi. Unga ko'ra shu vaqtda futbolchini 35 million evroga sotib olish mumkin bo'ladi. Ammo «shporlar» futbolchini shu yozdayoq sotib olish uchun 50 million evro to'lashga tayyor.

Pavar o'tgan mavsumda nemis klubi safida bundesligada 34 o'yin o'tkazgan va bir gol urgan. Milliy terma jamoa safida u jahon chempionatida 6 o'yinda qatnashib, bir gol urdi.