Starrij: «Liverpul» tarkibida mustahkam o'ringa ega bo'lmoqchiman»
July 18, 2018, 12:35 p.m. 2618

Daniel Starrij «Liverpul»da qolib, Yurgen Klopp jamoasining asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashish niyatida. Bu haqda u Daily Mail nashriga malum qildi.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumning birinchi yarmida Premer-liganing 5ta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va qishda «Vest Bromvich»ga ijaraga berib yuborildi. Biroq yangi jamoasi safidagi uchinchi o'yinida tizzasidan jarohat olib safdan chiqdi.

«Liverpul»da qolish niyatidaman. Bu erda har bir o'yinda maydonga tushadigan asosiy futbolchilardan biri bo'lmoqchiman. Jamoaga qaytganimdan xursandman», - dedi Starrij.

Starrij mersisaydliklarning mavsumoldi yig'inlari boshlanganidan buyon o'tkazgan uchala o'yinida ham maydonga tushdi.