«Barselona» rekord daromadlar haqida elon qildi
July 18, 2018, 12:27 p.m. 9828

«Barselona» klubi o'tgan mavsumda rekord miqdorda daromad olganini malum qildi.

Ispaniya grandi jami 914 million evro ishlab oldi, bu esa klub tarixidagi rekorddir. Avvalgi eng yaxshi natija 708 million evroga teng edi.

«Barselona» rahbariyati rejasiga ko'ra, 2021 yilgacha klub daromadlari 1 milliard evrodan oshib ketishi kutilmoqda.