Ronaldu «Yuventus»ga nega o'tganiga izoh berdi
July 16, 2018, 10:17 p.m. 30330

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ga o'tishiga izoh berdi.

«Men yangi chaqiriqlarni sevaman. Taktika birinchi galda turadigan qiyin chempionatga kelganimni bilaman. Ammo men bir joyda o'tirib, muvaffaqiyatlardan mast bo'lishni istamadim.

O'zimga va bo'lajak jamoadoshlarimga ishonaman. Barchasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Shuning uchun men xotirjamman va o'zimga ishonchim yuqori.

Chempionlar ligasida g'olib chiqishni barcha jamoalar istaydi. Prezident bilan suhbatda aytganimizdek, biz sovrinlar uchun kurashamiz.

Nafaqat Chempionlar ligasida, balki A seriyada ham.

Bilaman, qiyin bo'ladi. Ammo biz xotirjamlik va konTsentraTsiyani saqlashimiz kerak.

«Yuventus» menga zo'r imkon berdi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Ular meni qadrlashdi.

Ko'rib turibmanki, «Yuventus» ichki chempionatda ham, Evropa maydonlarida ham katta muvaffaqiyatlarga erisha oladigan klub», – deya Ronalduning so'zlarini keltirgan Turin klubi rasmiy sayti.