Foto: Ronaldu «Yuventus» futbolchisi sifatida tanishtirildi
July 16, 2018, 10:28 p.m. 15315

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus» tomonidan rasman tanishtirildi.

U o'zining yangi jamoasi haqidagi fikrlarini bildirib o'tgan.

– Men jismonan yaxshi holatdaman, ruhiyatim ham alo darajada. Bu erda bo'lish men uchun faxrlidir.

Bilaman, ko'pchilik futbolchilar 33 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o'ylay boshlashadi, ammo men boshqalar kabi emasman. Men boshqachaman.

Hozir men uchun ham, klub uchun ham shavqli damlar.

– «Yuventus» bilan shartnomangiz muddati yakunlangan vaqtda 37 yoshda bo'lasiz. Keyin «Sporting»ga qaytishni istarmidingiz?

– «Sporting» hamisha mening qalbimda. Albatta men «Yuventus» bilan yutuqlarga erishishni istayman. Men bu erga tatil o'tkazish uchun kelmadim.

«Yuventus» bilan tarix yaratishni, barchani yana bir bor hayratda qoldirishni istayman.

Ishonamanki, barchasi yaxshi bo'ladi, degan Ronaldu.

Portugaliyalik yulduz yangi klubida 7-raqam ostida harakat qiladi. U jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan, shartnomaga ko'ra unga yiliga 30 million evro miqdorida (soliqlar chiqarib tashlanganda) maosh to'lanadi.