«Barselona» Pol Pogbani olmaydi
July 16, 2018, 10:27 p.m. 7122

«Barselona» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba xizmatiga hech qanday qiziqish bildirmagan. 

Bleacher Report xabariga ko'ra, franTsiyalik jahon chempioni bilan shartnoma imzolash Kataloniya klubi rejalaridan o'rin olmagan.

Eslatib o'tamiz, Pogba 2016 yilda «MYu» klubiga o'tgan edi. O'tgan mavsumda uning bosh murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashdi. Shundan so'ng, Pogba «Manchester Yunayted»ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.