FranTsiya - jahon chempioni!
July 15, 2018, 10:01 p.m. 3451

2018 yilgi jahon chempionati final uchrashuvi FranTsiya va Xorvatiya o'rtasida bo'lib o'tdi. Moskvadagi «Lujniki» stadionida kechgan uchrashuv franTsuzlarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

FranTsuzlar 18-daqiqada xorvatlar hujumchisi Mario Manjukich o'z jamoasi darvozasini ishg'ol etib qo'yishi evaziga oldinga chiqib oldi. 10 daqiqa o'tib Ivan Perishichning goli muvozanatni tikladi. Tanaffus arafasida Antuan Grizmann penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'lim boshida franTsuzlar to'la ustunlikka ega bo'lishdi va Pol Pogba hamda Kilian Mbappe hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi. Qolgan vaqt davomida xorvatlar bitta javob goli urishdi, Mario Manjukich 69-daqiqada Lorisning xatosidan foydalandi - 4:2.

Shu tariqa, Dide Desham boshchiligidagi FranTsiya ikki karra jahon chempioniga aylandi. 1998 yili FranTsiya o'z maydonida kechgan mundialda ham tengsiz bo'lgandi.

JCh-2018
Final
FranTsiya – Xorvatiya 4:2
Gollar
: 1:0 – 18, avtogol Mandjukich, 1:1 – 28 Perishich, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Mandjukich.
FranTsiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (PyaTsa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).