FIFAning Jahon kubogi narxi malum qilindi
July 14, 2018, 1:08 a.m. 37552

FIFAning Jahon kubogi tayyorlangan materiallarning bugungi qiymati taxminan 158,5 ming dollarni tashkil qiladi. Ushbu kubokni 15 iyulda chempionatda g'olib bo'ladigan terma jamoa sardori boshi uzra ko'taradi. Kubokning qiymatini Thomson Reuters kompaniyasi mutaxassislari hisoblab chiqishgan.

FIFA malumotlariga ko'ra, kuboq 750 probadagi oltindan ishlangan. Uning og'irligi 6,142 kgni tashkil qiladi, biroq bu og'irlikdan bir qismi kubok asosidagi ikkita malaxit halqaga to'g'ri keladi. Shunga ko'ra, kuboqdagi sof oltin og'irligi 5 kgni tashkil qiladi.

13 iyulda oltinning bir unTsiyasi narxi 1240 dollar atrofida bo'lgan. Kichik hisob-kitoblarni amalga oshirib, kubok tayyorlangan oltin qiymati 150 ming dollarni tashkil qilishini bilib olish mumkin.

Mutaxassislarning aytishicha, kubok yaratilgan 1974 yildan beri oltin qiymati 10 barobar oshgan. Bundan esa o'shanda kubok 16 ming dollar turgan degan xulosaga kelish mumkin.

Biroq kubokning boshqacha baholanishi ham mavjud bo'lib, u o'z ichiga uning noyob tarixini oladi. Misol uchun, USA Today nashri kubokni 20 mln dollardan kamga baholamagan.

Malumki, 2006 yilgacha kubok Jahon chempionatini yutgan davlat futbol federaTsiyasiga saqlanish uchun topshirilgan. Biroq endi chempionlar kubokka faqatgina g'alabadan keyingina tega oladilar. Ularga mukofot sifatida kubokning oltin suv yugurtirilgan nusxasi taqdim qilinadi. 

Kubok 2016 yildan boshlab FIFAning Tsyurixdagi Jahon futboli muzeyida saqlanadi va faqatgina trofi-tur, jahon chempionatining yakuniy qura tashlanishi jarayoni va chempionatning finalida ommaga olib chiqiladi. Kubokning pastki qismidagi oltin plastinkada g'olib bo'lgan davlat nomlari va davlat g'olib bo'lgan yil o'yib tushiriladi, misol uchun 1974 Deutschland yoki 1994 Brazil. FIFAda aytilishicha, 2038 yilda kuboqda yangi chempionlarni o'yib tushirish uchun bo'sh joy qolmaydi.