«Yuventus» Ronaldu taqdimotini «yopiq eshiklar ortida» o'tkazadi
July 12, 2018, 8:49 p.m. 6334

«Yuventus» klubi hujumchi Krishtianu Ronalduning tanishtiruv marosimini stadionda o'tkazish fikridan qaytdi.

Ronaldu Italiyaga yakshanba kuni uchib keladi, dushanba kuni esa tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng, «Yuve» qarorgohiga borib, «byankoneri» futbolchisi sifatidagi ilk matbuot-anjumanida qatnashadi. Bu tadbirda faqat OAV xodimlari ishtirok etadi. Bu qaror xavfsizlik choralari nuqtai nazaridan kelib chiqib qabul qilingan.

Ronalduning «Yuve»dagi taqdimoti 9 yil oldin «Real»da o'tkazilgan tadbirdan katta farq qiladi. O'sha paytda portugaliyalikning tanishtiruv marosimi «Santyago Bernabeu»da bo'lgan va unga 90 ming muxlis tashrif buyurgandi.