Toshkentda CAFA U-15 chempionati bo'lib o'tadi
July 12, 2018, 5:46 p.m. 1520

Shu yilning 22-30 iyul kunlari Toshkent shahri Markaziy Osiyo futbol assoTsiaTsiyasi (CAFA) tomonidan tashkil qilinayotgan nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. 

O'smirlar va yoshlar futbolini rivojlantirish dasturi asosida bu safar CAFA U-15 chempionati bo'lib o'tadi.

Unda Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi, shuningdek, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston, Eron va Qirg'iziston terma jamoalari g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Bahslar «Milliy», «Paxtakor» va «Lokomotiv» stadionlarida o'tkaziladi.

CAFA U-15 chempionati taqvimi quyidagicha:

22.07.2018 18:30 Turkmaniston – O'zbekiston («Milliy» stadioni)
22.07.2018 21:00 Qirg'iziston – Eron («Milliy» stadioni)
22.07.2018 21:00 Afg'oniston – Tojikiston («Lokomotiv» stadioni)

24.07.2018 18:30 O'zbekiston – Tojikiston («Lokomotiv» stadioni)
24.07.2018 21:00 Afg'oniston – Qirg'iziston («Lokomotiv» stadioni)
24.07.2018 21:00 Turkmaniston – Eron («Paxtakor» stadioni)

26.07.2018 18:30 Tojikiston – Turkmaniston («Milliy» stadioni)
26.07.2018 21:00 Eron – Afg'oniston («Milliy» stadioni)
26.07.2018 21:00 O'zbekiston – Qirg'iziston («Lokomotiv» stadioni)

28.07.2018 18:30 Qirg'iziston – Tojikiston («Milliy» stadioni)
28.07.2018 21:00 Eron – O'zbekiston («Milliy» stadioni)
28.07.2018 21:00 Afg'oniston – Turkmaniston («Paxtakor» stadioni)

30.07.2018 18:30 Tojikiston – Eron («Milliy» stadioni)
30.07.2018 21:00 Turkmaniston – Qirg'iziston («Lokomotiv» stadioni)
30.07.2018 21:00 O'zbekiston – Afg'oniston («Milliy» stadioni)

Eslatib o'tamiz, avvalroq poytaxtda CAFA U-16 chempionati o'tkazilgan va unda Usmon Toshev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalarini mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylangan edi.