Superliga. «So'g'diyona» 5 daqiqa ichida uchta gol urdi
July 12, 2018, 9:04 p.m. 4142

Superligada 14-turning qoldirilgan o'yinlari boshlandi.

«So'g'diyona» Jizzaxda «Buxoro» bilan bellashdi. O'yin taqdirini 2-bo'limning 5 daqiqasi ichida urilgan 3ta gol hal qildi.

48-daqiqada Milinkovich penaltidan hisobni ochdi. 51-daqiqada Rashidov, 53-daqiqada Norxonov hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. 

Bu natijadan so'ng, «So'g'diyona» 15 ochko bilan 10-o'rinda, «Buxoro» esa 25 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. 

Superliga, 14-tur
12 iyul, Jizzax
So'g'diyona (Jizzax) — Buxoro (Buxoro) - 3:0
Gollar: Nikola Milinkovich (48 pen), Sanjar Rashidov (51), Shohruz Norxonov (53)

Hakamlar: Vadim Agishev, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov, Firdavs Norsafarov.
So'g'diyona: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Shoxruz Norxonov (Oybek Nurmatov, 83), Tohirjon Shamsiddinov, Sanjar Rashidov, Sernas Darvidas, Ruslan Melziddinov, Kim Dong Xi, Milosh Simonovich, Nikola Milinkovich (Siroj Meliev, 79), Ixtiyor Toshpo'latov (Elyor Orifov, 66)
Buxoro: Asilbek Omonov, Bobirjon Omonov, Arslonmurot Amonov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov (Qahramon Bahodirov, 55), Rahmatullo Berdimurodov, Suhrob Nematov (Javohir Qahramonov, 55), Vadim Chemirtan, Aziz Ibragimov (Shahboz Erkinov, 55)
Chetlatish: Rahmatullo Berdimurodov 76.