Ronalduning ketishi «Real» muxlislarini kamaytirdi
July 12, 2018, 7:17 p.m. 15716

Hujumchi Krishtianu Ronalduning «Real»ni tark etishi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi o'quvchilari sonini keskin qisqartirdi.

AS xabariga ko'ra, bu voqeadan so'ng, muxlislar «Real»ning tvitter sahifasini ommaviy tarzda tark eta boshlaganlar. Bir kunning ichida milliondan ortiq odam bu ishni qilgan.

Shunday bo'lsa-da, ayni paytda «Real»ning tvitter sahifasi 30 million o'quvchiga ega va bu ko'rsatkich bo'yicha dunyo klublari orasida rekord o'rnatgan.