«Real» 16 iyul kuni yangi futbolchilarini tanishtiradi
July 12, 2018, 3:29 p.m. 12508

«Real» kelasi hafta «Santyago Bernabeu»da jamoaning yangi o'yinchilarini jamoatchilikka tanishtiradi. Marca nashri xabariga ko'ra, taqdimot 16 iyul, dushanba kuniga belgilangan.

Shu kuni Alvaro Odriosola, Vinisius Junior hamda ukrainalik darvozabon Andrey Lunin «Real»ning yangi azolari sifatida tanishtiriladi.

Lunin «Real»ning sobiq darvozaboni Luka Zidanning o'rnini egallashi kutilmoqda. Xabaringiz bor, Zinedin Zidanning o'g'li Luka ham otasidan so'ng klubni tark etgandi.

Eslatib o'tamiz, 16 iyul kuni «Yuventus» ham taqdimot o'tkazib, Krishtianu Ronalduni rasman tanishtirishi kutilmoqda.