Polsha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
July 12, 2018, 5:42 p.m. 992

Polsha futbol ittifoqi matbuot xizmati terma jamoaga Eji Brjechek bosh murabbiy qilib tayinlanganini elon qildi.

47 yoshli mutaxassis bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. 

Brjechek murabbiylik faoliyatida Polshaning «Rakov», «Lexiya», «GKS», «Visla» klublarini boshqargan va jiddiy yutuqlarga erishmagan. U yarimhimoyachi Yakub Blashchikovskining amakisi hisoblanadi.

Avvalroq, qoniqarsiz natijalar tufayli, Adam Navalka Polsha terma jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgan edi.