Xorvatiya - Angliya bahsining eng yaxshi futbolchisi finalda o'ynamasligi mumkin
July 12, 2018, 8:22 p.m. 5094

Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Ivan Perishich JCh-2018 yarimfinalidan o'rin olgan Angliyaga (2:1) qarshi o'yinda jarohat oldi.

Bellashuvdan so'ng, 29 yoshli futbolchi Moskva shahri shifoxonalaridan biriga o'ng tizzasini ko'rikdan o'tkazish uchun olib borildi. Hozircha uning jarohati va qachon maydonga qaytishi haqida malumot yo'q.

Eslatib o'tamiz, 15 iyul yakshanba kuni Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati finalida FranTsiya bilan bellashadi.