Marselo «Yuventus»ga o'tishiga ishora qildi
July 12, 2018, 5:08 p.m. 16760

«Real» himoyachisi Marselo hujumchi Krishtianu Ronaldu ortidan «Yuventus»ga o'tishi mumkin. 

Futbolchi instagramda turinliklar sahifasiga azo bo'lgan. 

Avvalroq, Italiya klubi Marselo bilan shartnoma imzolamoqchi ekani, Ronaldu esa uning transferiga ko'maklashmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Yuventus» Marselo transferini amalga oshirish uchun Aleks Sandroni sotib yuborishiga to'g'ri keladi. Hozircha klub hech qanday muzokara boshlamagan.