«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi
July 12, 2018, 5:59 p.m. 3226

Toshkentning «Lokomotiv» klubi tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarning taqdimot marosimini o'tkazdi.

Unda tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduholiqov, himoyachi Anzur Ismoilov va rossiyalik legioner futbolchi Nikolay Pogrebnyak tanishtirildi.

«Temiryo'lchilar» safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarga «Lokomotiv» liboslari tantanali ravishda topshirildi. Xususan, Anzur Ismoilov 55-raqam, Nikolay Pogrebnyak 21-raqam va Temurxo'ja Abduholiqov 11-raqamli futbolkaga ega bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Lokomotiv»ni Nivaldo, Salim Mustafoev, Sherzod Karimov, Cho Suk Ja va Sarvar Karimov tark etishgan edi.