Karikaturachi futbol o'ziga qaerdan uy izlayotganini ko'rsatdi
July 12, 2018, 9:26 p.m. 8335

Mashhur karikaturachi rassom Umar Mo'maniy JCh-2018 yarimfinalidan o'rin olgan Xorvatiya - Angliya (2:1) o'yiniga bag'ishlangan suratini elon qildi.

Unda xorvatiyalik futbolchilar o'tirgan avtobus va yo'l chetida jomadon bilan turgan to'p tasvirlangan.

«Xorvatiya Angliyani tushirib yuborgach, futbol o'ziga yangi uy izlayapti», – deb yozdi Mo'maniy.