Xorvatiya terma jamoasi oyog'i ostida qolgan fotograf o'sha lahzadagi suratlarni tarmoqqa joyladi
July 12, 2018, 5:25 p.m. 10889

Rossiyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati kutilmagan voqealarga boy bo'lmoqda. Xorvatiya termasining Angliya ustidan qozongan g'alabasi Garet Sautgeyt jamoasini favorit deb hisoblagan muxlislar va ekspertlar bilan bir qatorda xorvatiyalik futbolchilarning o'zini ham shokka tushirdi.  

Kechagi o'yin taqdirini hal qilgan Manjukichning golidan so'ng xorvat futbolchilari o'z quvonchlarini ichlariga sig'dira olmay, maydon chetidagi fotografning ustiga yopirilishdi. Natijada Xorvatiya futboli uchun muzeyga joylashga arzigulik jonli va tarixiy suratlar dunyoga keldi.