FIFA jahon chempionatida olingan doping tahlillar bo'yicha hisobot berdi
July 12, 2018, 9:22 p.m. 6568

Jahon chempionati paytida olingan barcha doping namunalari salbiy natija bergan. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiyada o'tkazilgan mundialda olingan doping namunalari soni musobaqa tarixida rekord o'rnatdi. 2018 yil yanvardan boshlab, jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilar umumiy hisobda 2037ta tahlil topshirgan.

Yarimfinalga yo'l olgan 4ta jamoa - FranTsiya, Xorvatiya, Angliya va Belgiyaning har bir futbolchisi kamida 4 marta tahlil topshirgan. Ammo, ularning hech biri ijobiy natija bermagan.

FIFA malumotiga ko'ra, musobaqada ishtirok etgan futbolchilarning hech biridan doping izlari topilmagan.