Deyan Lovren: «Jahonning eng kuchli himoyachilaridan biri ekanligimni tan olishlari kerak»
July 12, 2018, 4:28 p.m. 2536

«Liverpul» klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Deyan Lovren JCh-2018 yarimfinalida Angliya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men uchun bu o'yin alohida ahamiyatga ega. Mavsum men uchun omadsiz bo'ldi, deb hisoblashmoqda. Lekin men bunga qo'shilmayman. «Liverpul» bilan Chempionlar ligasi finaligacha bordim, mana endi terma jamoa safida Jahon chempionatining hal qiluvchi bahsi arafasida turibman. Nazarimda, endi men haqimda ahmoqona gaplarni bas qilib, jahondagi eng yaxshi himoyachilardan biri ekanimni tan olishlari kerak.

Birinchi bo'lim biz uchun qiyin kechdi, sababi to'pni nazorat qila olganimiz yo'q. Inglizlarda qulay vaziyatlar etarlicha bo'ldi, lekin ikkinchi taymda biz ancha yaxshiroq o'ynadik. Qo'shimcha bo'limlarda ham charchagan bo'lishimizga qaramay sifatli o'yin ko'rsatishda davom etdik», - dedi Lovren.

29 yoshli Deyan Lovren o'tgan mavsumda «Liverpul» safida 43 o'yinda maydonga tushib, 2ta gol muallifi bo'ldi. Markaziy himoyachi Xorvatiya termasi safida jami 45 o'yin o'tkazib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.