«Buxoro» yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi
July 12, 2018, 6:32 p.m. 2823

«Buxoro» klubi mavsumning ikkinchi qismida maydonga tushish uchun 4 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi, deb xabar beradi PFL sayti. 

Ular – Suhrob Nematov, Shuhrat Nematov, Vadim Chemirtan va Qahramon Bahodirov. 

O'z navbatida «Buxoro» safini 4 nafar futbolchi tark etdi – Bahodir Nasimov, Marko Klisuro, Sergey RuseTski va Azamat Soliev.

Superliga 15 turidan so'ng, «Buxoro» 25 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.