Belgiya telekanali Azardan uning studiyadagi gologrammasi orqali intervyu oldi (video)
July 12, 2018, 5:52 p.m. 4621

Belgiyaning La Une telekanali qiziqarli tajribaga qo'l urdi. 6 iyul kuni JChning chorak finali doirasida Braziliyaga qarshi o'yin yakunlanganidan bir necha daqiqa o'tgach belgiyaliklar sardori Eden Azar Bryusselda, ushbu telekanal studiyasida «paydo bo'ldi». Aslida esa u «Qozon Arena» stadioni kiyinish xonasida edi.

Bu yangilik golograma texnologiyasini qo'llash orqali amalga oshirilgan.

Bir qarashda futbolchi boshlovchidan minglab kilometr uzoqlikda o'tirganini payqash qiyin. Azar stulda o'tirgan holda jurnalistlar tomonga qarab gapiradi. O'yinchiga faqat naushnik berishgan. U vaqti-vaqti bilan naushnikni to'g'rilab turadi.