“Barselona” va “Chelsi” tomonidan qiziqish bildirilgan futbolchi “Fulhem”ga o'tdi
July 12, 2018, 3:06 p.m. 4094

Yangi mavsumini Premer Ligada boshlaydigan “Fulhem” klubi yirik transferni amalga oshirishning uddasidan chiqdi. 

Klubning bu haqila rasmiy saytida xabar  berdi. Seri “Fulhem” bilan 4 yillik shartnorma imzolagan. Transfer qiymati va boshqa detallari hozircha oshkor qilingani yo'q.

 Kot-d’Ivuar lik 26 yoshli yarim himoyachi Jan Mishel Seri “Fulhem” azosiga aylandi. 2015 yildan beri FranTsiya chempionati vakili “NiTsTsa” safida to'p surib kelgan va 100 dan ortiq o'yinda maydonga tushgan va 2016/17 mavsumda FranTsiya chempionati ramziy terma jamoasidan joy olgandi. U terma jamoa safida 2014 yildan buyon 18 o'yinda maydonga tushgan. 

Serining “Fulhem”ga o'tishi kutilmagan hol bo'ldi deyish mumkin. Chunki futbolchi bilan uzoq vaqt “Barselona” qiziqib ketgan va hatto Serining o'tgan yili Kataloniyaga ko'chib o'tishiga bir baxya qolgandi. Ushbu transfer oynasida esa, futbolchining Londonni nomdorroq klublari – “Arsenal” yoki “Chelsi” klublari safidan joy olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.