«Barselona» ikkinchi transferini elon qildi
July 12, 2018, 6:46 p.m. 12589

«Sevilya» himoyachisi Kleman Langle «Barselona» futbolchisiga aylandi.

Kataloniyaliklar 23 yoshli franTsuzning shartnomasida ko'rsatilgan 35,9 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lab, uni qo'lga kiritishdi.

Langle bilan 2023 yil yoziga qadar shartnoma imzolandi. Uning tovon puli 300 million evro qilib belgilandi.

O'tgan mavsumda Langle «Sevilya» tarkibida 35ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan va 1 golga hammualliflik qilgan edi.