«Barselona» Artur Ramosni tanishtirdi
July 12, 2018, 6:20 p.m. 4517

«Barselona» klubi yangi futbolchisi Artur Ramos taqdimotini o'tkazdi.

21 yoshli braziliyalik yarimhimoyachi «Gremio» klubidan 31 million evroga xarid qilingan edi. Bunda yana 9 million evro bonuslar ko'rinishida bo'lishi belgilangan edi.

Ramos «Barselona» bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 400 million evro qilib belgilandi.